relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/95740/ title: ALTSGEYMER KASALLIGI. KELIB CHIQISH SABALARI creator: Shozodova Setora, Shozodova Setora creator: Nurova Zamira, Nurova Zamira description: Ushbu ilmiy maqolam orqali altsgeymer kasalligi va uning kelib chiqish sabablari haqida yoritib bermoqchiman. Altsgeymer kasalligi neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, birinchi marta Alois Altsgeymer tomonidan tasvirlangan. Kasallik zo‘rayib boradigan demensiya bilan ta’riflanadi va odatda keksa odamlarda boshlanadi, lekin kamdan kam hollarda yoshlik davrida ham boshlanishi mumkin. Altsgeymer kasalligining sabablari miyadagi almashinuv jarayonlarining buzilishi bilan bog‘liq. Asosiy belgilarga xotiraning yomonlashuvi, nutqdagi qiyinchiliklar va xulq-atvordagi o‘zgarishlar kiradi. Altsgeymer kasalligi bosqichlari: Predemensiya: Yengil kognitiv buzilishlar, masalan, axborotni to‘plash va eslab qolish muammolari. Erta demensiya: Xotira va nutqning zo‘rayib boruvchi buzilishlari, kundalik vazifalarni bajarishda qiyinchiliklar. O‘rtacha demensiya: Xotira bilan bog‘liq jiddiy muammolar, mustaqil faoliyat qobiliyatini yo‘qotish, xulq-atvor buzilishi va hissiy beqarorlik. Og‘ir demensiya: O‘zgalarning yordamiga to‘liq qaramlik, nutq tovushlar bilan cheklangan, jismoniy va hissiy apatiya. date: 2025-10-20 type: Maqola type: NonPeerReviewed format: application/pdf language: en identifier: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/95740/1/73-74.pdf identifier: Shozodova Setora, Shozodova Setora, Nurova Zamira, Nurova Zamira (2025) ALTSGEYMER KASALLIGI. KELIB CHIQISH SABALARI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY, 2 (4). pp. 73-74. relation: https://universalconference.us/index.php/icast/article/view/5470