TY - JOUR N1 - Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/659) AV - none PB - South Aral Region Medical Journal Y1 - 2026/06/15/ A1 - Xaitov, Akbar ID - arxiv93264 UR - http://journal.urdti.uz/index/article/view/659 N2 - Qalqonsimon bez kasalliklari reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan endokrin patologiyalardan biri hisoblanadi. Gipotireoz va strumektomiyadan keyingi holatlarda kalsiy-fosfor almashinuvi, D vitamini metabolizmi hamda suyak remodellanish jarayonlarida muhim o?zgarishlar kuzatiladi. Bu esa osteopeniya va osteoporoz rivojlanish xavfini oshiradi. Maqsad: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda suyak to?qimasi holati, mineral almashinuv ko?rsatkichlari hamda gormonal osteoporoz rivojlanish xususiyatlarini baholash. Material va usullar: tadqiqotga reproduktiv va perimenopauza yoshidagi gipotireoz hamda strumektomiyadan keyingi bemorlar jalb qilindi. Barcha ayollarda kalsiy, fosfor, D vitamini, paratgormon, tireotrop gormon (TTG) va erkin T4 ko?rsatkichlari aniqlandi. Suyak mineral zichligi densitometriya usuli yordamida baholandi. Natijalar: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi bemorlarda D vitamini tanqisligi, kalsiy miqdorining pasayishi hamda paratgormon darajasining oshishi kuzatildi. Densitometriya natijalari osteopeniya va osteoporoz uchrash chastotasi yuqori ekanligini ko?rsatdi. Suyak mineral zichligi ko?rsatkichlari TTG darajasi va D vitamini konsentratsiyasi bilan korrelyatsion bog?liqlikka ega bo?ldi. Xulosa: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda gormonal osteoporoz rivojlanish xavfi yuqori bo?lib, kalsiy-fosfor almashinuvi hamda D vitamini holatini muntazam nazorat qilish zarur hisoblanadi KW - gipotireoz; strumektomiya; gormonal osteoporoz; D vitamini; kalsiy JF - South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3 (2026): JANUBIY OROL BO?YI TIBBIYOT JURNALI; 396-401 TI - QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO?LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI ER -