%0 Journal Article %A Saidov, Jasur %D 2026 %F arxiv:92670 %I South Aral Region Medical Journal %J South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. Maxsus son-2 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 308-313 %K jigar shikastlanishi; prostata bezi; morfologik ko‘rsatkichlar; kalamushlar %T TAJRIBA SHAROITIDAGI JIGAR SHIKASTLANISHIDA PROSTATA BEZIDAGI MORFOLOGIK KO‘RSATGICHLARINING QIYOSIY TAVSIFI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/92670/ %X Tajriba guruhida jigarning eksperimental shikastlanishidan keyin prostata bezida sezilarli morfologik o‘zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa 3 oylik kalamushlarda bez atsinuslarining deformatsiyasi, epiteliy qavatining notekislashishi va ba’zi sohalarda distrofik o‘zgarishlar aniqlandi. Epiteliy hujayralarida vakuolizatsiya, yadrolarning piknotik holati va sitoplazmaning donali distrofiyasi kuzatildi. 6 oylik kalamushlarda patologik jarayonlar yanada chuqurlashganligi kuzatildi. Prostata bezi atsinuslarining ayrim qismlarida atrofik o‘zgarishlar, epiteliyning yupqalashishi va sekretor faollikning pasayishi qayd etildi. Stromada fibrozlanish elementlari va mikrosirkulyator o‘zgarishlar kuchayganligi aniqlandi. Morfometrik tahlilda atsinus diametrining kamayishi, epiteliy balandligining pasayishi va stroma ulushining ortishi statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi kuzatildi. %Z Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/651)