    {
      "ispublished": "pub",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/92587",
      "rev_number": 1,
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18991",
      "full_text_status": "none",
      "note": "Imported from Universal Conference (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18991)",
      "type": "article",
      "status_changed": "2026-06-07 21:14:27",
      "userid": 1,
      "metadata_visibility": "show",
      "publication": "\"XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA\u02bcLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR\" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi; Vol. 4 No. 5 (2026): XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR; 1016-1021",
      "eprint_status": "archive",
      "creators": [
        {
          "name": {
            "given": "Gulshoda",
            "lineage": null,
            "honourific": null,
            "family": "Muhammadiyeva"
          }
        },
        {
          "name": {
            "given": "Gulchehra",
            "lineage": null,
            "honourific": null,
            "family": "Maxmadiyeva"
          }
        }
      ],
      "official_url": "https://universalconference.us/index.php/itfttdm/article/view/18991",
      "subjects": [
        "ona konsepti",
        "maqol",
        "semantik maydon",
        "paremiologiya",
        "lingvokulturologiya"
      ],
      "eprintid": 92587,
      "dir": "disk0/00/09/25/87",
      "lastmod": "2026-06-07 21:14:27",
      "date": "2026-06-06",
      "sword_depositor": 1,
      "date_type": "published",
      "abstract": "Mazkur maqolada ingliz va o\u2018zbek maqollarida \u201cona\u201d konseptining semantik maydoni qiyosiy-lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqollarda ona obrazi xalq tafakkuri, milliy qadriyatlar, axloqiy qarashlar, oilaviy munosabatlar va tarbiyaviy tajribaning muhim ifodachisi sifatida namoyon bo\u2018ladi. O\u2018zbek paremiologiyasida \u201cona\u201d konsepti, avvalo, mehr, fidoyilik, tarbiya, duogo\u2018ylik, hayot manbai, oila markazi va farzand taqdiriga mas\u2019ullik kabi semantik belgilar orqali ochiladi. \u201cOnaning ko\u2018ngli bolada, bolaning ko\u2018ngli dalada\u201d, \u201cOna bilan bola \u2013 gul bilan lola\u201d, \u201cOna \u2013 daraxt, bola \u2013 meva\u201d kabi maqollar ona va farzand o\u2018rtasidagi ruhiy yaqinlik, tabiiy bog\u2018liqlik va tarbiyaviy munosabatni ifodalaydi. Ingliz maqollarida esa \u201cmother\u201d konsepti ko\u2018proq oilaviy o\u2018xshashlik, avlod davomiyligi, tarbiya ta\u2019siri, mehr va ma\u2019naviy tayanch semalari orqali namoyon bo\u2018ladi. \u201cLike mother, like daughter\u201d, \u201cThe hand that rocks the cradle rules the world\u201d, \u201cA mother\u2019s love never grows old\u201d kabi birliklar ona obrazining jamiyat, avlod va shaxs shakllanishidagi o\u2018rnini ko\u2018rsatadi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, semantik va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko\u2018rsatadiki, har ikki tilda \u201cona\u201d konsepti universal insoniy qadriyatlarni ifodalasa-da, uning milliy-madaniy talqinida ayrim farqlar mavjud. O\u2018zbek maqollarida ona obrazi ko\u2018proqmuqaddaslik, duogo\u2018ylik va oilaviy birdamlik bilan bog\u2018lansa, ingliz maqollarida tarbiya, ijtimoiy ta\u2019sir va shaxsiy mustaqillik jihatlari kuchliroq ko\u2018zga tashlanadi. Shu bois \u201cona\u201d konsepti ikki xalq paremiologik fondida ham markaziy lingvokulturologik birlik sifatida baholanadi.",
      "title": "INGLIZ VA O\u2018ZBEK PAREMIOLOGIK BIRLIKLARIDA \u201cONA\u201d OBRAZINING SEMANTIK QAMROVI",
      "keywords": "ona konsepti; maqol; semantik maydon; paremiologiya; lingvokulturologiya",
      "publisher": "\"XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA\u02bcLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR\" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi"
    }