relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/92324/ title: BOLALAR VA O‘SMIRLARDA YUQUMLI MONONUKLEOZ: KLINIK-LABORATOR TASHXIS, ASORATLAR VA DAVOLASH TAMOYILLARI creator: Ikramov, Umirzoq creator: Matyakubova, Feruza creator: Rajabova, Diyora creator: Rahmonqulova, Nigora description: Ushbu maqolada yuqumli mononukleoz bo‘yicha adabiyot ma’lumotlari tahlil qilinib, kasallikning etiologiyasi, epidemiologiyasi, yuqish yo‘llari, klinik belgilari, laborator va serologik tashxis mezonlari, differensial tashxis, asoratlari hamda davolash tamoyillari yoritilgan. Yuqumli mononukleoz, asosan, Epstein–Barr virusi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, isitma, tonzillit, limfadenopatiya, gepatosplenomegaliya va periferik qonda xarakterli o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik ko‘proq bolalar va o‘smirlar orasida uchraydi. Noto‘g‘ri tashxis qo‘yish yoki bemor holatini yetarlicha baholamaslik og‘ir yatrogen asoratlar, nevrologik, gematologik va boshqa tizimli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Maqolada atipik mononuklear hujayralar, EBVga qarshi IgM va IgG antitanalarini aniqlashning diagnostik ahamiyati alohida ko‘rsatib berilgan. publisher: South Aral Region Medical Journal date: 2026-06-03 type: Maqola type: NonPeerReviewed identifier: Ikramov, Umirzoq, Matyakubova, Feruza, Rajabova, Diyora, Rahmonqulova, Nigora (2026) BOLALAR VA O‘SMIRLARDA YUQUMLI MONONUKLEOZ: KLINIK-LABORATOR TASHXIS, ASORATLAR VA DAVOLASH TAMOYILLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 214-218. relation: http://journal.urdti.uz/index/article/view/621 relation: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/621 identifier: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/621