eprintid: 91205 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/09/12/05 datestamp: 2026-05-26 16:28:00 lastmod: 2026-05-26 16:28:00 status_changed: 2026-05-26 16:28:00 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Bekbolayev, Javlonbek title: TALABALARDA IJTIMOIY USTANOVKALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI ispublished: pub subjects: strategiyalar, ijtimoiy loyihalar subjects: volontyorlik, о‘zaro tajriba almashish keywords: strategiyalar, ijtimoiy loyihalar; volontyorlik, о‘zaro tajriba almashish note: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/10439) abstract:    Ijtimoiy ustanovkalar - bu insonning ijtimoiy muhitda boshqa odamlar bilan aloqalarini, ularning xulq-atvorini va fikrlarini shakllantiruvchi psixologik jarayonlar hisoblanar ekan, talabalarda ijtimoiy ustanovkalarni rivojlantirish uchun quyidagi strategiyalarni qо‘llash mumkin deb hisobladik, birinchi- muhokama va munozaralar bo`lib, talabalarga о‘z fikrlarini erkin ifoda etish imkonini beradigan muhokama guruhlarini tashkil etish kerak bo`ladi, bunda turli mavzular bо‘yicha munozaralar о‘tkazish orqali talabalar о‘z fikrlarini himoya qilishni va boshqalar bilan baham kо‘rishni о‘rganadilar.Ikkinchi-ijtimoiy loyihalar- talabalarga ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish kerak bo`lib, bu, ularning ijtimoiy mas'uliyatini oshiradi, keyingisi, volontyorlik- talabalarni volontyorlik faoliyatlariga jalb qilish, bu orqali ijtimoiy aloqalar va hamjihatlik hissini rivojlantirish zarur.  Talabalarda о‘zaro tajriba almashish ham alohida ahamiyat kasb etadiki, turli mavzular bо‘yicha tajribali mutaxassislar tomonidan о‘tkaziladigan seminarlar va master-klasslarda ishtirok etishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. Mentorlik strategiyasi- tajribali talabalar yoki mutaxassislar yordamida mentorlik tizimini joriy etsa bo`ladi, bu orqali talabaning bilishini va ijtimoiy aloqalarini rivojlantirish mumkin bo`ladi. Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalariga e`tibor qaratamiz-talabalar о‘rtasida ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish uchun onlayn platformalar va guruhlar yaratish, onlayn kurslar, ya`ni  ijtimoiy masalalar bо‘yicha onlayn kurslar о‘tkazish, bu orqali talabalar ijtimoiy bilimlarni oshirish imkoniyatiga ega bо‘lishadi.Keyingi strategiya  kreativ va san'at faoliyatlari bo`lib, bu erda biz san'at va madaniyat tadbirlari haqida gapiramiz, talabalarni san'at va madaniyat tadbirlariga jalb qilish ishlari   ularning ijodkorligini va ijtimoiy aloqalarini rivojlantiradi deb hisoblaymiz.Shu erda teatr va drama haqida ham gapiradigan  bo`lsak, teatr va drama faoliyatlari orqali talabalar о‘z his-tuyg'ularini ifoda etishni va boshqalar bilan empatiya qilishni о‘rganadilar.Kognitiv va emotsional rivojlanish strategiyasi - talabalarga emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni taklif etish maqsadga muvofiq bo`ladi, ma`lumki bu, ularning boshqalar bilan  ijtimoiy munosabatlarini, aloqalarini yaxshilaydi.Kognitiv jarayonlar esa  talabalarga qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash kо‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Aynan shu erda  о‘qituvchilarning roli haqida gapirmaslikni iloji yo`q- о‘qituvchilar va mentorlar talabalarning ijtimoiy ustunliklarini rivojlantirishda muhim rol о‘ynaydilar. Ular talabalarni rag'batlantirish, qо‘llab-quvvatlash va yо‘l-yо‘riq kо‘rsatishda yordam berishadi va ular ijtimoiy muhit ham yaratishlari zarur: о‘qituvchilar ijtimoiy muhitni ijobiy va qо‘llab-quvvatlovchi qilish uchun harakat qilishlari kerak bo`ladi. date: 2025-03-16 date_type: published publisher: Research Science and Innovation House official_url: https://universalpublishings.com/index.php/fundamental/article/view/10439 id_number: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/10439 full_text_status: none publication: MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL citation: Bekbolayev, Javlonbek (2025) TALABALARDA IJTIMOIY USTANOVKALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI. MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL.