<mods:mods xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" version="3.3" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>TALABALARDA IJTIMOIY USTANOVKALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Javlonbek</mods:namePart><mods:namePart type="family">Bekbolayev</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>&amp;nbsp;&amp;nbsp; Ijtimoiy ustanovkalar - bu insonning ijtimoiy muhitda boshqa odamlar bilan aloqalarini, ularning xulq-atvorini va fikrlarini shakllantiruvchi psixologik jarayonlar hisoblanar ekan, talabalarda ijtimoiy ustanovkalarni rivojlantirish uchun quyidagi strategiyalarni qо‘llash mumkin deb hisobladik, birinchi- muhokama va munozaralar bo`lib, talabalarga о‘z fikrlarini erkin ifoda etish imkonini beradigan muhokama guruhlarini tashkil etish kerak bo`ladi, bunda turli mavzular bо‘yicha munozaralar о‘tkazish orqali talabalar о‘z fikrlarini himoya qilishni va boshqalar bilan baham kо‘rishni о‘rganadilar.Ikkinchi-ijtimoiy loyihalar- talabalarga ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish kerak bo`lib, bu, ularning ijtimoiy mas'uliyatini oshiradi, keyingisi, volontyorlik- talabalarni volontyorlik faoliyatlariga jalb qilish, bu orqali ijtimoiy aloqalar va hamjihatlik hissini rivojlantirish zarur.&amp;nbsp; Talabalarda о‘zaro tajriba almashish ham alohida ahamiyat kasb etadiki, turli mavzular bо‘yicha tajribali mutaxassislar tomonidan о‘tkaziladigan seminarlar va master-klasslarda ishtirok etishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. Mentorlik strategiyasi- tajribali talabalar yoki mutaxassislar yordamida mentorlik tizimini joriy etsa bo`ladi, bu orqali talabaning bilishini va ijtimoiy aloqalarini rivojlantirish mumkin bo`ladi. Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalariga e`tibor qaratamiz-talabalar о‘rtasida ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish uchun onlayn platformalar va guruhlar yaratish, onlayn kurslar, ya`ni&amp;nbsp; ijtimoiy masalalar bо‘yicha onlayn kurslar о‘tkazish, bu orqali talabalar ijtimoiy bilimlarni oshirish imkoniyatiga ega bо‘lishadi.Keyingi strategiya&amp;nbsp; kreativ va san'at faoliyatlari bo`lib, bu erda biz san'at va madaniyat tadbirlari haqida gapiramiz, talabalarni san'at va madaniyat tadbirlariga jalb qilish ishlari&amp;nbsp;&amp;nbsp; ularning ijodkorligini va ijtimoiy aloqalarini rivojlantiradi deb hisoblaymiz.Shu erda teatr va drama haqida ham gapiradigan&amp;nbsp; bo`lsak, teatr va drama faoliyatlari orqali talabalar о‘z his-tuyg'ularini ifoda etishni va boshqalar bilan empatiya qilishni о‘rganadilar.Kognitiv va emotsional rivojlanish strategiyasi - talabalarga emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni taklif etish maqsadga muvofiq bo`ladi, ma`lumki bu, ularning boshqalar bilan&amp;nbsp; ijtimoiy munosabatlarini, aloqalarini yaxshilaydi.Kognitiv jarayonlar esa&amp;nbsp; talabalarga qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash kо‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Aynan shu erda&amp;nbsp; о‘qituvchilarning roli haqida gapirmaslikni iloji yo`q- о‘qituvchilar va mentorlar talabalarning ijtimoiy ustunliklarini rivojlantirishda muhim rol о‘ynaydilar. Ular talabalarni rag'batlantirish, qо‘llab-quvvatlash va yо‘l-yо‘riq kо‘rsatishda yordam berishadi va ular ijtimoiy muhit ham yaratishlari zarur: о‘qituvchilar ijtimoiy muhitni ijobiy va qо‘llab-quvvatlovchi qilish uchun harakat qilishlari kerak bo`ladi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-03-16</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Research Science and Innovation House</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>