%X Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan mashqlar mazmuni, ularni tanlash va tatbiq etish usullari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Avvalo, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning lug‘at fondini kengaytirish, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashtirishda ta’limiy mashqlarning ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada mazkur mashqlarning lingvistik, psixolingvistik va metodik xususiyatlari tahlil qilinadi, shuningdek, ularni dars jarayoniga izchil joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltiriladi. Natijada, o‘quvchilarning so‘z boyligi ortib, ularning matnni tushunish, fikr bildirish va muloqotga kirishish ko‘nikmalari yaxshilanadi. %I Research Science and Innovation House %L arxiv91171 %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9440) %J MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL %T BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN MASHQLAR %A Jаvohir Zokirov %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9440 %K boshlang‘ich sinf o‘quvchilari; lug‘at boyligi, mashqlar; nutq madaniyati, metodik yondashuv,; lingvistik xususiyatlar, psixolingvistik omillar,; o‘quv jarayoni, kommunikativ kompetensiya.