%D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9228 %T Muloqot madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari %A Gulnoza Azizova %J MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9228) %I Research Science and Innovation House %L arxiv91168 %X Maqolada muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Muloqot madaniyati shaxsning ijtimoiy va psixologik rivojlanishining muhim qismi bo‘lib, uning o‘zini anglash, boshqalar bilan samarali muloqot qilish va jamiyatda moslashuvchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada empatiya, o‘z-o‘zini anglash, hurmat, ochiqlik kabi hissiy komponentlarning ahamiyati ta’kidlanadi. Shuningdek, muloqot madaniyatini rivojlantirishda ta’lim tizimi, ijtimoiy muhit va texnologiyalarning roli ko‘rib chiqiladi. Muloqot madaniyatini shakllantirish jarayonida o‘yinlar, amaliy mashg‘ulotlar va refleksiya kabi usullar samarali ekanligi qayd etiladi.