%X Ushbu maqolada tuya sutining biologik va ozuqaviy xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Tuya suti o‘zining yuqori biologik qiymati, muvozanatlangan aminokislota tarkibi, oson hazm bo‘ladigan oqsillari va past allergenligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, unda immunomodulyator oqsillar, laktoferrin, lizotsim va insulin o‘xshash moddalar mavjud bo‘lib, ular organizmning immun tizimini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, tuya suti tarkibida vitaminlar (A, B guruhi, C) va mineral moddalar (temir, kalsiy, rux) yuqori miqdorda uchraydi. Ushbu maqolaning maqsadi tuya sutining kimyoviy tarkibi, biologik faolligi va uning inson salomatligiga ta’sirini ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tuya suti metabolik kasalliklar, jumladan qandli diabet va allergik holatlarda foydali oziq-ovqat mahsuloti sifatida qo‘llanilishi mumkin. %J ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17313) %L arxiv90100 %I Research Science and Innovation House %D 2026 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17313 %A Ruziyeva Gulsara Temirqulovna %A Jo‘rayeva Shahnoza Nuriddinovna %T TUYA SUTINING BIOLOGIK VA OZUQAVIY XUSUSIYATLARI %K Tuya suti, biologik qiymat, oziqaviy xususiyatlar, oqsillar, aminokislotalar, vitaminlar, mineral moddalar, immun tizim, laktoferrin, insulin o‘xshash moddalar