eprintid: 89701 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/08/97/01 datestamp: 2026-05-26 16:25:55 lastmod: 2026-05-26 16:25:55 status_changed: 2026-05-26 16:25:55 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Otaboyeva, Fazilat title: OROLBO‘YI HUDUDIDA METABOLIK SINDROM BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA PSIXOEMOTSIONAL HOLAT VA HAYOT SIFATI KO‘RSATKICHLARINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI ispublished: pub subjects: Metabolik sindrom subjects: psixoemotsional holat subjects: hayot sifati subjects: yosh omili subjects: depressiya keywords: Metabolik sindrom; psixoemotsional holat; hayot sifati; yosh omili; depressiya note: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/15615) abstract: Ushbu tadqiqot Orolbo‘yi hududida metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional holat va hayot sifati ko‘rsatkichlarining yoshga bog‘liq xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot kesim dizaynida o‘tkazilib, metabolik sindrom tashxisi qo‘yilgan bemorlar yosh omiliga ko‘ra uch guruhga ajratildi. Metabolik sindrom IDF mezonlari asosida baholandi, psixoemotsional holat PHQ-9, GAD-7 va Perceived Stress Scale yordamida, hayot sifati esa WHOQOL-BREF so‘rovnomasi orqali aniqlanildi. Olingan ma’lumotlar tavsifiy va inferensial statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar yosh oshishi bilan metabolik sindrom komponentlarining og‘irligi, depressiya, tashvish va stress darajalarining ortishini hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishini ko‘rsatdi. Ayniqsa katta yoshdagi bemorlarda jismoniy va ruhiy farovonlikning sezilarli darajada yomonlashgani aniqlandi, o‘rta yosh guruhida esa stress darajasi nisbatan yuqori bo‘ldi. Korelyatsion va regressiya tahlillari yosh, abdominal semirish va arterial gipertenziyaning psixoemotsional buzilishlar bilan mustaqil bog‘liqligini tasdiqladi Tadqiqot natijalari metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarni baholash va davolashda yoshga moslashtirilgan, psixologik komponentlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv zarurligini asoslaydi hamda Orolbo‘yi hududida profilaktik va reabilitatsion choralarni takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. date: 2025-12-24 date_type: published publisher: Research Science and Innovation House official_url: https://universalpublishings.com/index.php/aijmr/article/view/15615 id_number: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/15615 full_text_status: none publication: ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH citation: Otaboyeva, Fazilat (2025) OROLBO‘YI HUDUDIDA METABOLIK SINDROM BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA PSIXOEMOTSIONAL HOLAT VA HAYOT SIFATI KO‘RSATKICHLARINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH.