%X Ushbu maqolada o‘zbek kelinlarining psixologik farovonligi va an’anaviy qadriyatlar tizimining o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Maqolada kelinning oilaviy hayotidagi roli, jamiyatdagi qadriyatlar tizimi va ularning psixologik holatga ta’siri tahlil qilinadi. O‘zbek kelinlari oilada qaynonaga bo‘lgan hurmat, er bilan bo‘lgan aloqalar va farzand tarbiyasiga mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kabi masalalar psixologik farovonlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy qadriyatlar, jinsiy tenglik, shaxsiy huquqlar va ta’lim olish kabi elementlarning kelinning o‘zini erkin va baxtli his qilishidagi o‘rni ko‘rsatiladi. Maqolada an’anaviy qadriyatlar va zamonaviy yondashuvlar o‘rtasidagi uyg‘unlik o‘zbek kelinlarining psixologik holatini yaxshilashda qanday ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilinadi. Shu tariqa, maqola kelinlarning psixologik farovonligini ta’minlashda jamiyatdagi qadriyatlar tizimi va zamonaviy yondashuvlarning muhim rolini ta’kidlaydi. %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9320) %J ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH %L arxiv88345 %I Research Science and Innovation House %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/9320 %A Sayfullayeva Sojida Saidjonovna %T O'ZBEK KELINLARI PSIXOLOGIK FAROVONLIGI QADRIYATLAR TIZIMINING O'ZARO MUNOSABATLARI %K o‘zbek kelinlari: an’nalar va zamonaviy talablar