<mods:mods xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" version="3.3" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>XOMILADOR AYOLLARDA VITAMIN D QO‘LLANILISHINING YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA RESPIRATOR DISTRESS SINDROMINI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Mamadiyeva Zarifa</mods:namePart><mods:namePart type="family">Norboyevna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Jo'raqulova Maftuna</mods:namePart><mods:namePart type="family">Raufovna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Mazkur ilmiy maqola xomilador ayollarda vitamin D qo‘llanilishining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi (RDS) rivojlanishining oldini olishdagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda vitamin D ning ona va homila organizmidagi fiziologik roli, ayniqsa o‘pka rivojlanishi, surfaktant sintezi va immun tizim shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilindi. Zamonaviy klinik kuzatuvlar va epidemiologik ma’lumotlar asosida vitamin D yetishmovchiligi chaqaloqlarda RDS rivojlanish xavfini oshiruvchi muhim omillardan biri ekanligi ko‘rsatildi.
Ilmiy dalillar shuni tasdiqlaydiki, vitamin D alveolyar hujayralarning differensiasiyasi va surfaktant ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu moddaning yetarli darajada bo‘lishi o‘pkaning tug‘ilish vaqtiga tayyorligini oshirib, nafas yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, vitamin D yetishmovchiligi kuzatilgan homilador ayollarda tug‘ilgan chaqaloqlarda RDS rivojlanish ehtimoli sezilarli darajada yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, homilador ayollar orasida vitamin D yetishmovchiligi keng tarqalgan bo‘lib, bu neonatal asoratlar, jumladan respirator muammolar bilan bog‘liq. Shu sababli profilaktik qo‘llash muhim ahamiyatga ega.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2026-05-04</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Research Science and Innovation House</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>