%O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17594) %J SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES %L arxiv87548 %I Research Science and Innovation House %X Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek va ingliz tillarida gaplarning grammatik tuzilishi qiyosiy jihatdan kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tilshunoslikning muhim sohasi bo‘lgan grammatika, uning asosiy bo‘limlari — morfologiya va sintaksis haqida nazariy ma’lumotlar beriladi. Xususan, sintaksisning o‘rganish obyektlari sifatida so‘z birikmasi va gapning mohiyati, ularning struktur va funksional xususiyatlari izohlanadi.Ishda o‘zbek tilidagi gaplarning SOV (ega + to‘ldiruvchi + kesim) modeli va ingliz tilidagi gaplarning SVO (ega + kesim + to‘ldiruvchi) modeli chuqur qiyosiy asosda o‘rganiladi. Har ikki tilga xos gap turlari — darak, so‘roq, buyruq va his-hayajon gaplar keng misollar orqali tahlil qilinadi.  %K grammatika, morfologiya, sintaksis, gap, so‘z birikmasi, ega, kesim, to‘ldiruvchi, qiyosiy tahlil, SOV, SVO, sintaktik tuzilish. %D 2026 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17594 %A G’ofurjonova Muazzamxon Umid qizi %T INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA GAP TUZILISHINING QIYOSIY TAHLILI