%O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/15304) %J SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES %I Research Science and Innovation House %L arxiv86968 %X Mazkur maqolada inflyatsiya hodisasining iqtisodiy mohiyati va uning aholining real daromadlariga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda inflyatsiyaning asosiy shakllari, yuzaga kelish sabablari va mexanizmlari izchil yoritilib, narxlar umumiy darajasining o‘sishi sharoitida aholining xarid qobiliyati qanday o‘zgarishi tahlil qilinadi. Real daromadlar tushunchasi nominal daromadlar bilan solishtirma tahlil asosida ochib berilib, inflyatsiyaning ijtimoiy qatlamlar bo‘yicha differensial ta’siri asoslab beriladi. Maqolada statistik va mantiqiy tahlil usullari yordamida inflyatsiya darajasi bilan real daromadlar o‘rtasidagi bog‘liqlik jadval orqali ifodalanadi. Tadqiqot natijalari inflyatsiyani jilovlash va aholi farovonligini saqlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. %K inflyatsiya, real daromadlar, nominal daromadlar, xarid qobiliyati, narxlar indeksi, ijtimoiy farovonlik, makroiqtisodiy barqarorlik. %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/15304 %T INFLYATSIYA VA UNING AHOLINING REAL DAROMADLARIGA TA’SIRI %A Turopova Nigora Xolmurod qizi %A Muzaffarov Asliddin Alisher o'g'li