%0 Journal Article %A Muxiddinovich, Xabibullayev Muziriddin %D 2025 %F arxiv:86875 %I Research Science and Innovation House %J SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES %K Fermer xo‘jaliklari; barqaror rivojlanish; iqtisodiy samaradorlik; agrotexnologiyalar; resurslardan samarali foydalanish; bozor infratuzilmasi; innovatsion yondashuvlar; qishloq xo‘jaligi siyosati; moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; eksport salohiyati. %T “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI’’ (FERMER XO‘JALIKLAR MISOLIDA)” %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/86875/ %X Ushbu maqolada fermer xo‘jaliklari misolida tadbirkorlik subyektlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish masalalari ilmiy tahlil qilinadi. Agrar sektor mamlakat iqtisodiyotining strategik bo‘g‘ini sifatida nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi, balki hududiy ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, bozor infratuzilmasi, logistika tizimi va eksport imkoniyatlarining kengayishi kabi omillar o‘rganilgan. Shuningdek, suv tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi, kreditlashdagi cheklovlar va raqobatbardoshlikni oshirish bilan bog‘liq muammolar ham tahlil qilingan. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14454)