%X Ushbu maqolada Qo‘qon Xonligining boshqaruv tizimi tahlil etilgan. Maqolada xonlikning markazlashgan va feodal unsurlarini uyg‘unlashtirgan boshqaruv tuzilmasi, xonning vakolatlari, amaldorlar va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar yoritilgan. Xonlikdagi siyosiy va iqtisodiy tizim, ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi farqlar hamda boshqaruvning samaradorligini ta'minlashdagi muammolar ko‘rsatilgan. Qo‘qon Xonligidagi boshqaruv tizimi o‘z davrining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlariga mos ravishda shakllanib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Tadqiqot xonlikdagi markazlashgan hokimiyat va feodal munosabatlarning o‘zaro aloqalarini chuqur tahlil qilishga imkon beradi, shuningdek, bu tizimning o‘rta asrlar O‘rta Osiyo davlatlaridagi boshqaruv tuzilmalariga ta'sirini ko‘rsatadi. %J SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8425) %I Research Science and Innovation House %L arxiv86007 %D 2024 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8425 %T QO‘QON XONLILIGIDA BOSHQARUV TIZIMI %A Mohlaroyim Nabijonova %K Qo‘qon Xonligi, boshqaruv tizimi, xon, feodalizm, markazlashgan hokimiyat, amaldorlar, ijtimoiy tuzilma, siyosiy tizim, iqtisodiy tizim, O‘rta Osiyo, davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat.