%D 2026 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17991 %A Xoliqulov Anvar Nematovich %T XO‘JALIK SUBYEKTLARINING ASOSIY FAOLIYATIDAGI PUL OQIMLARI TAHLILI %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17991) %J FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI %I FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI %L arxiv85797 %X Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlarini tahlil qilish natijasida pul mablag‘larining taqchillik sabablari to‘g‘risidagi dastlabki xulosalarni qilish mumkin bo‘ladi. Bunday sabablarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: ♦ xo‘jalik subyektlarining mol-mulk va mahsulot sotish rentabelligi pastligi; ♦ soliqlar va turli to‘lovlarining yuqori ekanligi; ♦ korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo‘lgan kapital xarajatlarining amalga oshirilishi; ♦ me’yordan ortiqcha bo‘lgan zaxira va xarajatlarni tashkil etishga pul mablag‘larining yo‘naltirilganligi; ♦ korxonalarda aylanma mablag‘lar aylanishining pastligi, ya’ni aylanma mablag‘larning aylanishi sekinligi hisobiga korxona oborotiga pul mablag‘larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etilganligi; ♦ balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to‘lovlariga yuqori miqdorda to‘lanmalar qilinganligi.