%X Xalqimiz o`z avlodiga insoniyat tarixidagi eng ibratli fazilatlar meros bo`lishini orzu qilgan va hozir ham shunday. Bu oliy tilak xalqimizning maqol-u topishmoqlari, afsona va rivoyatlari, latifa-yu loflari, xalq qo`shiqlari, termalari, ertak-u dostonlari, askiya va allalari kabi bebaho durdonalarida o`zining yorqin ifodasini topgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, xalqimizning barcha fazilati, falsafasi, dunyoqarashi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati o`zbek xalq maqollarida aks etgan. Vatan va vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, to`g`rilik, yaxshilik, adolat va insof, do`stlik, tinchlik, mardlik va jasurlik, donolik, ilm-hunar, tarbiya va odat, odob-axloq, mehmon va mehmondo`stlik, go`zallik, kamtarlik, baxt va omad, sabr-qanoat, muhabbat, oila va qo`shnichilik, umid va ishonch, erk va ozodlik, or-nomus, g`urur, samimiylik, vaqt va fursat qadri, yoshlik va qarilik haqidagi maqollar ana shular jumlasidandir. %L arxiv84893 %I FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI %J FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6494) %A Halimova Durdona Rustam qizi %T QASSOBCHILIK HAMDA TIKUVCHILIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ MAQOLLARI TAHLILI %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6494 %D 2024 %K maqol, temirchilik, tegirmon, to`qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik…