    {
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/83203",
      "date": "2026-05-12",
      "full_text_status": "none",
      "type": "article",
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18620",
      "userid": 1,
      "official_url": "https://universalpublishings.com/index.php/mpttp/article/view/18620",
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "ispublished": "pub",
      "note": "Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18620)",
      "datestamp": "2026-05-26 16:16:41",
      "rev_number": 1,
      "publisher": "Research Science and Innovation house",
      "dir": "disk0/00/08/32/03",
      "sword_depositor": 1,
      "eprint_status": "archive",
      "lastmod": "2026-05-26 16:16:41",
      "publication": "MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE",
      "abstract": "Chov churrasi (inguinal hernia) umumiy xirurgik amaliyotda eng ko\u2018p uchraydigan patologiyalardan biri bo\u2018lib, erkaklar populyatsiyasida uning uchrash chastotasi 25\u201330% gacha yetadi. Kasallikning asosiy xavfi uning asoratlanish ehtimoli bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, ayniqsa strangulyatsiya, ichak nekrozi va yiringli infeksiya qo\u2018shilganda klinik kechish og\u2018irlashadi. So\u2018nggi yillarda asoratlangan yiringli chov churralari dolzarbligi ortib bormoqda, bu esa bir tomondan bemorlarning kech murojaat qilishi, ikkinchi tomondan esa antibiotiklarga rezistent mikroflora kengayishi bilan izohlanadi.\nKlinik ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, strangulyatsiyalangan churralarda ichak nekrozi 10\u201315% holatlarda, yiringli asoratlar esa 8\u201312% bemorlarda rivojlanadi, bu esa operativ mortalitetni 5\u20138% gacha oshiradi. Yiringli jarayon rivojlanganda jarrohlik taktikasini tanlash murakkablashadi, chunki bir tomondan infektsiyani nazorat qilish, ikkinchi tomondan churrani radikal davolash va qorin devorini tiklash zarurati paydo bo\u2018ladi. Zamonaviy xirurgiyada ushbu muammoni hal qilishda asosiy e\u2019tibor bosqichli yondashuv, minimal invaziv texnologiyalar va biologik mos materiallardan foydalanishga qaratilgan.\n&nbsp;",
      "status_changed": "2026-05-26 16:16:41",
      "title": "ASORATLANGAN YIRINGLI CHOV CHURRASINI ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI",
      "eprintid": 83203,
      "creators": [
        {
          "name": {
            "given": "Aminqulov Shaxrijahon O\u2018tkir",
            "honourific": null,
            "family": "o\u2018g\u2018li",
            "lineage": null
          }
        }
      ]
    }