eprintid: 79327 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/07/93/27 datestamp: 2026-05-26 16:11:56 lastmod: 2026-05-26 16:11:56 status_changed: 2026-05-26 16:11:56 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Akmaljon, Sarvarxon title: ENDOKRIN OFTALMOPATIYADA KO‘Z OLMASINING MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH ispublished: pub subjects: tireotoksikoz, endokrin oftalmopatiya, optik biopsiya, OKT- optik kogerent tomografiya, xorioidea qalinligi, makulyar shish, optik neyropatiya. keywords: tireotoksikoz, endokrin oftalmopatiya, optik biopsiya, OKT- optik kogerent tomografiya, xorioidea qalinligi, makulyar shish, optik neyropatiya. note: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7779) abstract: Endokrin oftalmopatiya (sinonimlari: tireoid oftalmopatiya, Greyves orbitopatiyasi) o’z ichiga orbita yumshoq to’qimalaridagi patologik o’zgarishlar va bir nechta mustaqil klinik simptomlardan tashqari distireoid neyrooptikopatiya ya’ni ko’ruv nervidagi o’zgarishlarni ham qamrab oluvchi murakkab tushuncha hisoblanadi [1,3]. Bugungi kunga kelib endokrin oftalmopatologiyalarning, xususan tireotoksikoz kasalligining ko‘z olmasi qavatlarida yuzaga keltiruvchi o‘zgarishlarni baholash uchun noinvaziv, kontaksiz diagnostik metodlarga ehtiyoj ortib bormoqda [5,6,8]. Buning uchun maxsus kontaksiz skanerlovchi apparat yordamida ko‘z olmasi qavatlarini optik biopsiyasini 3D formatda shakllantiruvchi zamonaviy diagnostik apparatlar yaratilmoqda [2,4,7]. OKT- optik kogerent tomografiya usuli orqali ko‘z olmasining qon tomirli qavati, to’r parda va ko’ruv nervi diskidagi morfologik o‘zgarishlarni erta tashxislash imkoniyati mavjud [9,10]. Mazkur tadqiqot davomida tireotoksikoz fonidagi endokrin oftalmopatiya (EOP) tashxisli 72 nafar bemorlarda ko’z olmasining qon tomirli qavati (xoriodea), ko’ruv nervi diski va retinal nerv tolalar qavatining holatini optik kogerent tomografiya (OKT) tekshiruvi natijalari asosida tahlil qilindi. date: 2024-10-31 date_type: published publisher: Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi official_url: https://universalpublishings.com/index.php/gumanitar/article/view/7779 id_number: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7779 full_text_status: none publication: Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi citation: Akmaljon, Sarvarxon (2024) ENDOKRIN OFTALMOPATIYADA KO‘Z OLMASINING MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi.