%X  Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy ongni shakllantirish va milliy qadriyatlarni singdirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda pedagoglarning roli, bolalarni milliy madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va urf-odatlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish usullari tahlil qilinadi. Maqolada o‘yinlar, interaktiv mashg‘ulotlar, hikoya va qo‘shiq orqali bolalarning milliy identifikatsiyasini mustahkamlashning samarali metodlari keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim bolalarda milliy qadriyatlarni shakllantirish, ularni jamiyatga moslashishga tayyorlash va madaniy merosni hurmat qilish ruhini berishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, pedagoglarning doimiy metodik tayyorgarligi va innovatsion yondashuvlari bolalarda milliy ongni rivojlantirishning samaradorligini oshiradi.  %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/13532) %J Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan %I Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan %L arxiv76576 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/13532 %D 2025 %A Muxabbat Berdiyeva %T BOLALARDA MILLIY ONGNI RIVOJLANTIRISH: MAKTABGACHA TA’LIMNING ROLI %K maktabgacha ta’lim,; milliy qadriyatlar,; milliy ong,; bolalarni tarbiyalash,; madaniy meros,; pedagogik yondashuv,; o‘yin orqali tarbiya