eprintid: 76208 rev_number: 1 eprint_status: archive userid: 1 dir: disk0/00/07/62/08 datestamp: 2026-05-26 16:07:52 lastmod: 2026-05-26 16:07:52 status_changed: 2026-05-26 16:07:52 type: article metadata_visibility: show sword_depositor: 1 creators_name: Anorov, Sirojiddin title: ASTRAGALUS MUCIDUS L. O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKTNING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARI ispublished: pub subjects: Astragalus mucidus L., analgetik faollik, issiq plastinka, sirka kislotasi, atsetilxolin. keywords: Astragalus mucidus L., analgetik faollik, issiq plastinka, sirka kislotasi, atsetilxolin. note: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12202) abstract: Ushbu maqolada Astragalus mucidus L. o‘simligidan ajratib olingan ekstraktning analgetik (og‘riqni kamaytiruvchi) faolligi eksperimental hayvonlar modeli asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotda tana vazni 18–21 g bo‘lgan naslsiz oq sichqonlar ishlatildi. Analgetik faollikni baholash uchun uch xil test tizimi qo‘llanildi: markaziy og‘riq modelini baholovchi «issiq plastinka» testi, periferik og‘riq stimulyatorlari orqali amalga oshirilgan «sirka kislotali burishish» va «atsetilxolinli burishish» testlari. O‘rganilayotgan ekstrakt sichqonlarga 1.0 dan 100.0 mg/kg gacha bo‘lgan dozalarda og‘iz orqali yuborildi. Taqqoslash uchun Ketoprofen preparatining (1.0–10.0 mg/kg) samarasi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Astragalus mucidus L. ekstrakti barcha test tizimlarida doza bog‘liq tarzda sezilarli analgetik faollikka ega bo‘lib, ayrim hollarda Ketoprofenning ta’sir kuchiga teng yoki undan yuqori natija qayd qilindi. Xususan, termik og‘riq modelida ekstraktning 25.0–50.0 mg/kg dozalari 95–99% gacha analgetik effekt ko‘rsatgan bo‘lsa, kimyoviy stimulyatsiya testlarida burishishlar sonini 56.7% gacha kamaytirish qobiliyati kuzatildi. Statistik tahlilga ko‘ra, olingan natijalar ishonchli (P≤0.05) deb topildi. Olingan ilmiy natijalar Astragalus mucidus L. o‘simligidan ajratib olingan ekstraktning samarali tabiiy analgetik vosita sifatida qo‘llanish imkoniyatini tasdiqlaydi va bu yo‘nalishda qo‘shimcha farmakologik tadqiqotlar olib borish uchun asos yaratadi. date: 2025-05-31 date_type: published publisher: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan official_url: https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/12202 id_number: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12202 full_text_status: none publication: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan citation: Anorov, Sirojiddin (2025) ASTRAGALUS MUCIDUS L. O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKTNING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan.