    {
      "date": "2025-05-31",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/76208",
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12202",
      "type": "article",
      "full_text_status": "none",
      "subjects": [
        "Astragalus mucidus L., analgetik faollik, issiq plastinka, sirka kislotasi, atsetilxolin."
      ],
      "official_url": "https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/12202",
      "userid": 1,
      "note": "Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12202)",
      "ispublished": "pub",
      "metadata_visibility": "show",
      "date_type": "published",
      "rev_number": 1,
      "datestamp": "2026-05-26 16:07:52",
      "publisher": "Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan",
      "lastmod": "2026-05-26 16:07:52",
      "publication": "Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan",
      "eprint_status": "archive",
      "keywords": "Astragalus mucidus L., analgetik faollik, issiq plastinka, sirka kislotasi, atsetilxolin.",
      "sword_depositor": 1,
      "dir": "disk0/00/07/62/08",
      "creators": [
        {
          "name": {
            "lineage": null,
            "family": "Anorov",
            "given": "Sirojiddin",
            "honourific": null
          }
        }
      ],
      "eprintid": 76208,
      "status_changed": "2026-05-26 16:07:52",
      "title": "ASTRAGALUS MUCIDUS L. O\u2018SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKTNING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARI",
      "abstract": "Ushbu maqolada Astragalus mucidus L. o\u2018simligidan ajratib olingan ekstraktning analgetik (og\u2018riqni kamaytiruvchi) faolligi eksperimental hayvonlar modeli asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotda tana vazni 18\u201321 g bo\u2018lgan naslsiz oq sichqonlar ishlatildi. Analgetik faollikni baholash uchun uch xil test tizimi qo\u2018llanildi: markaziy og\u2018riq modelini baholovchi \u00abissiq plastinka\u00bb testi, periferik og\u2018riq stimulyatorlari orqali amalga oshirilgan \u00absirka kislotali burishish\u00bb va \u00abatsetilxolinli burishish\u00bb testlari. O\u2018rganilayotgan ekstrakt sichqonlarga 1.0 dan 100.0 mg/kg gacha bo\u2018lgan dozalarda og\u2018iz orqali yuborildi. Taqqoslash uchun Ketoprofen preparatining (1.0\u201310.0 mg/kg) samarasi o\u2018rganildi.\nNatijalar shuni ko\u2018rsatdiki, Astragalus mucidus L. ekstrakti barcha test tizimlarida doza bog\u2018liq tarzda sezilarli analgetik faollikka ega bo\u2018lib, ayrim hollarda Ketoprofenning ta\u2019sir kuchiga teng yoki undan yuqori natija qayd qilindi. Xususan, termik og\u2018riq modelida ekstraktning 25.0\u201350.0 mg/kg dozalari 95\u201399% gacha analgetik effekt ko\u2018rsatgan bo\u2018lsa, kimyoviy stimulyatsiya testlarida burishishlar sonini 56.7% gacha kamaytirish qobiliyati kuzatildi. Statistik tahlilga ko\u2018ra, olingan natijalar ishonchli (P\u22640.05) deb topildi.\nOlingan ilmiy natijalar Astragalus mucidus L. o\u2018simligidan ajratib olingan ekstraktning samarali tabiiy analgetik vosita sifatida qo\u2018llanish imkoniyatini tasdiqlaydi va bu yo\u2018nalishda qo\u2018shimcha farmakologik tadqiqotlar olib borish uchun asos yaratadi."
    }