    {
      "publisher": "Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan",
      "datestamp": "2026-05-26 16:07:49",
      "rev_number": 1,
      "abstract": "Yurak va qon tomir kasalliklari (YQTK) butun dunyo bo\u2018ylab o\u2018lim darajasini yuqori belgilayotgan muhim tibbiy muammo bo\u2018lib qolmoqda. Bu kasalliklar nafaqat rivojlangan mamlakatlar, balki rivojlanayotgan davlatlarda ham keng tarqalgan. Ayniqsa, so\u2018nggi yillarda, yoshlar o\u2018rtasida yurak kasalliklarining o\u2018sishi jiddiy xavf tug\u2018diradi. Tibbiyot sohasidagi yutuqlarga qaramay, yurak kasalliklari hali ham insonlar hayotini sezilarli darajada qisqartiradi va hayot sifatini yomonlashtiradi.\nMaqolada yurak kasalliklari, ularning turlari, rivojlanish sabablarini tahlil qilib, bu kasalliklarning xavf omillari va ularni oldini olish usullari haqida kengaytirilgan ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, yurak kasalliklarining davolash usullari, zamonaviy innovatsiyalar va ilg\u2018or tibbiy yondashuvlar taqdim etilgan. Ushbu maqola nafaqat yurak kasalliklarining muammolarini, balki kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va oldini olishni ko\u2018zda tutgan tibbiy profilaktik tadbirlarni ham yoritadi.\nJahon miqyosida yurak va qon tomir kasalliklariga qarshi kurashish nafaqat individual, balki ijtimoiy masalaga ham aylanmoqda. Kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashishda to\u2018g\u2018ri ovqatlanish, jismoniy faollik, stressni boshqarish va zararli odatlardan voz kechish kabi profilaktik choralar muhim o\u2018rin tutadi. Ushbu maqola yurak kasalliklarining oldini olish, sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish, shuningdek, ilg\u2018or diagnostika va davolash usullarini keng jamoatchilikka tanishtirishga qaratilgan.",
      "title": "Yurak kasalliklari turlari, xavf omillari, profilaktikasi va davolash usullari",
      "status_changed": "2026-05-26 16:07:49",
      "eprintid": 76167,
      "creators": [
        {
          "name": {
            "family": "Shavkatova",
            "lineage": null,
            "given": "Shahzoda",
            "honourific": null
          }
        },
        {
          "name": {
            "honourific": null,
            "given": "Sabrina",
            "family": "Toshmurodova",
            "lineage": null
          }
        },
        {
          "name": {
            "lineage": null,
            "family": "Hamrayev",
            "honourific": null,
            "given": "Rashid"
          }
        }
      ],
      "dir": "disk0/00/07/61/67",
      "sword_depositor": 1,
      "keywords": "Yurak kasalliklari, Arterial gipertoniya, Ishemik kasallik, Yurak etishmovchiligi, Infarkt miokard, Profilaktika",
      "eprint_status": "archive",
      "publication": "Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan",
      "lastmod": "2026-05-26 16:07:49",
      "full_text_status": "none",
      "type": "article",
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11966",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/76167",
      "date": "2025-05-25",
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "ispublished": "pub",
      "note": "Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11966)",
      "userid": 1,
      "official_url": "https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/11966",
      "subjects": [
        "Yurak kasalliklari, Arterial gipertoniya, Ishemik kasallik, Yurak etishmovchiligi, Infarkt miokard, Profilaktika"
      ]
    }