relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/75751/ title: Qandli diabetning kelib chiqish va davolash usullari creator: Murodova, Farida creator: Kenjayev, Yodgor description: Qandli diabet, qand kasalligi –organizmga insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma’lum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e’tibor bergan. “suv qanday ichilgan bo’lsa , shu holatda chiqadi” , deb yozadi. Bemorning ko’p suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga to’xtab: “bemorga sovuq mijozli suyuqlik ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya’ni bemorni ho’lla sovut, deydi. Bu kasallik odam organizmiga issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo’lishini bildiradi. Qand kasalligi tarixi manbalarga ko’ra, nasliy bo’lishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand miqdori keskin ko’payib siydik bilan chiqib turadi( tarkibida qand moddasi bo’ladi) tashnalik, og’iz qurishi, ozib ketish,quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi.  publisher: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan date: 2025-03-09 type: Maqola type: NonPeerReviewed identifier: Murodova, Farida, Kenjayev, Yodgor (2025) Qandli diabetning kelib chiqish va davolash usullari. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. relation: https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/10385 relation: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/10385 identifier: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/10385