%0 Journal Article %A Mamajonova, Mushtariy %A Ergasheva, Maftuna %D 2024 %F arxiv:75331 %I Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan %J Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan %K kambiy, yogʻochlik, endoderma, epiderma, parenxima, gʻudda %T Poyaning ichki tuzulishi %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/75331/ %X Poya yuksak o`simliklaming yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Urug’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va meristema hujayralarning bo`linishi hamda yiriklashishi hisobiga o`sadi. Missional bogʻlaydi. Poya oʻsimlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional bog’laydi. Uning funktsiyasi suv va unda yerigan minyeral moddalarni ildizdan bargga etkazish hamda bargda hosil bo`lgan organik moddalami ildizga o`tkazishdan iboratdir. Yorug’lik sevuvchi o`simliklarda poya uzun bo`ladi. U ba’zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar toʻlovchi ombor vazifasini ham o`taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko`payish vazifalarini bajaradi. O`simlik poyalari o`sish xaraktyeriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo`ladi. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8920)