%0 Journal Article %A Usmonqulova, Feruza %D 2024 %F arxiv:74930 %I Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan %J Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan %K Bank xodimlari; malakaviy kompetentsiyalar; bank samaradorligi %T Bank xodimlarining malakaviy kompetentsiyalarini bankning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta'sirini baholash yo‘llari %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/74930/ %X Ushbu maqolada bank xodimlarining malakaviy kompetentsiyalari bankning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash yo‘llari o‘rganilgan. Banklar faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xodimlarning kasbiy malakalariga bog‘liq bo‘lib, ularning moliyaviy ko‘nikmalari, texnik bilimlari va mijozlar bilan ishlash tajribalari bankning sof foyda, aktivlardan foydalanish samaradorligi va kredit portfeli sifatiga ta’sir qiladi. Maqolada xodimlarning malakasini oshirish usullari, jumladan, o‘qitish, malaka oshirish dasturlari, tajriba almashish tizimlari hamda ish faoliyatini baholash tizimlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, xodimlarning samaradorligi orqali bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilanishi bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlar bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. Bu jarayon bank uchun raqobatbardosh ustunlik yaratishi mumkin. Bankda tajribali va yangi xodimlar o‘rtasidagi tajriba almashish tizimi orqali xodimlar o‘z malakalarini samarali ravishda oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xodimlarning samaradorligini aniq baholash orqali ular faoliyatini yanada rivojlantirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda rag‘batlantirish imkoniyati yaratiladi. KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) orqali o‘lchanadigan maqsadli ko‘rsatkichlar xodimlarning umumiy bank natijalariga qo‘shgan hissasini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7603)