relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/74737/ title: BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING KLINIK, IMMUNOLOGIK VA MIKROBIOLOGIK ASPEKTLARI. OLIB BORISH TAKTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH creator: Urumboyeva, Zamira description: Maqola bolalarda bronxial astmaning klinik, immunologik va mikrobiologik aspektlarini o‘rganish hamda davolash taktikasini optimallashtirishga bag‘ishlangan. Klinika, immunologiya va mikrobiologiya sohalaridagi tekshiruvlar asosida bronxial astmaning patogenezi, rivojlanish omillari va davolash usullari tahlil qilingan. Maqolaning asosiy maqsadi — bolalarda bronxial astmani samarali davolash uchun klinik, immunologik va mikrobiologik tekshiruvlarga asoslangan davolash taktikasini ishlab chiqish. Kasallikning erta diagnostikasi va individual davolash yondashuvlarini ishlab chiqish orqali astmani nazorat qilish va bolalar hayotini yaxshilashga erishish. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, astma bolalarda nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi va immunologik buzilishlar bilan bog‘liq. IgE antitanalari va T-hujayra reaksiyalarining kuchayishi astma rivojlanishining asosiy omillari sifatida qayd etildi. Mikrobiologik infeksiyalar kasallik xurujlarini kuchaytirishi aniqlangan. Individual yondashuvlar, immunoterapiya va infeksiyaga qarshi davolash astma xurujlarini kamaytirishga yordam berdi. Ushbu maqola bolalar bronxial astmasining klinik, immunologik va mikrobiologik aspektlarini integratsiyalab, davolash taktikasini yangicha yondashuvlar bilan takomillashtirishni taklif etadi. publisher: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan date: 2024-09-26 type: Maqola type: NonPeerReviewed identifier: Urumboyeva, Zamira (2024) BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING KLINIK, IMMUNOLOGIK VA MIKROBIOLOGIK ASPEKTLARI. OLIB BORISH TAKTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. relation: https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/7068 relation: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7068 identifier: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7068