    {
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/2260",
      "full_text_status": "none",
      "type": "article",
      "date": "2023-10-11",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/66727",
      "note": "Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/2260)",
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "ispublished": "pub",
      "official_url": "https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/2260",
      "userid": 1,
      "publisher": "\"XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA\u02bcLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR\" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi",
      "rev_number": 1,
      "datestamp": "2026-05-26 15:56:37",
      "eprintid": 66727,
      "creators": [
        {
          "name": {
            "honourific": null,
            "given": "Sarvarbek",
            "lineage": null,
            "family": "Abduvakhobov"
          }
        }
      ],
      "abstract": "Hukmdorlar o\u2018rtasidagi deyarli barcha sulhlar diniy ulamolar ishtirokida amalga oshirilgin. Hatto, hukmdorlar qahr-u g\u2018azabga to\u2018lgan chog\u2018ida ham, din peshvolari aybdorlarni jazolanishdan saqlab qolish darajasida katta qudratga ega bo\u2018lganlar. Masalan, 1507-yil Hirot Muhammad Shayboniy qo\u2018shinlari tomonidan ishg\u2018ol etilgach, shahar aholisi \u201cmoli omon\u201d (solig\u2018i)ga tortiladi. Shunda shahar ichidagi ba\u2019zi amaldorlar shahar aholisi ko\u2018magida qochib ketish maqsadida hiyla ishlatib, butun shahar bo\u2018ylab \u201chozirgina Muhammad Muhsin mirzo (Husayn Boyqaroning o\u2018g\u2018li) o\u2018z qo\u2018shini bilan yetib keldi va Shayboniy bilan urushish uchun u tomonga ketdi\u201d, deb xalqni ko\u2018chmanchilarga qarshi ko\u2018tarish maqsadida yolg\u2018on xabar tarqatishadi. Bundan shahar aholisi qo\u2018zg\u2018alib, shahar ichi va tashqarisida \u201cmoli omon\u201d yig\u2018ib yurgan uch yuz atrofidagi Shayboniyxon odamlarini o\u2018ldiradi. Bunday vaziyatda shahar akobirlari xalqdan ayovsiz o\u2018ch olinishining oldini olish maqsadida, din peshvolari va qozilarni Shayboniyxon huzuriga yuborib, shahar aholisining gunohidan o\u2018tishini so\u2018rashgan. Muhammad Shayboniyxon esa shaharning obro\u2018li din peshvolariga qarshi bora olmay, Hirot aholisining gunohidan kechib, o\u2018z sarkardalarining qasos olishiga ruxsat bermagan.",
      "title": "SHAYBONIYLAR DAVRIDA DIN ULAMOLARINING BOSHQARUVDAGI O\u2018RNI.",
      "status_changed": "2026-05-26 15:56:37",
      "eprint_status": "archive",
      "publication": "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA\u02bcLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi",
      "lastmod": "2026-05-26 15:56:37",
      "sword_depositor": 1,
      "dir": "disk0/00/06/67/27"
    }