    {
      "ispublished": "pub",
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "note": "Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6857)",
      "userid": 1,
      "subjects": [
        "izohli lug\u2018at, taqlid so\u2018z, frazeologik birlik, frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik omonimiya, graduonimiya, so\u2018z birikmasi, gap, ko\u2018chma ma\u2019no."
      ],
      "official_url": "https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/6857",
      "type": "article",
      "full_text_status": "none",
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6857",
      "date": "2022-03-11",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/65753",
      "status_changed": "2026-05-26 15:55:53",
      "title": "TAQLID SO\u2018ZLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI",
      "abstract": "Ma\u2019lum tilning boyligi, rang-barangligi frazeologik birliklarning amaliy ahamiyati bilan bog\u2018liq. Bu esa xalq tilida ko\u2018p uchraydigan iboralarni jamlash, o\u2018rganish va izohli lug\u2018atlarga kiritish zaruratini yuzaga keltiradi. O\u2018zbek tilida mavjud frazeologik birliklarning qamrovi hozirgi izohli lug\u2018atlarda to\u2018liq emas, jumladan taqlid so\u2018zli frazeologik birliklar ham kam uchraydi. Bu esa umumxalq tilidagi taqlid so\u2018zlarni o\u2018rganish va leksikografik tadqiq qilish zaruratini ko\u2018rsatadi. Maqola taqlid so\u2018zlarning o\u2018rganilishi, bu mavzu doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar, o\u2018zbek tilidagi taqlid so\u2018zli frazeologik birliklar hamda ularning izohli lug\u2018atlarga kiritilishi, statistik va qiyosiy tahlillar asosida ilmiy izlanishlar olib borilganligi bilan ahamiyatlidir. O\u2018rganilgan ma\u2019lumotlar va amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida \u201cO\u2018zbek tilining izohli frazeologik lug\u2018ati\u201d, \u201cO\u2018zbek tili frazeologik lug\u2018ati\u201d, \u201cO\u2018zbek tili iboralarining o\u2018quv izohli lug\u2018ati\u201dga kiritilgan taqlid so\u2018zlar ishtirokidagi xalq tilida ko\u2018p uchraydigan frazeologik birliklar alohida tasnif qilinib, ularning 2006-yil nashr etilgan \u201cO\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u201dga kiritilgan o\u2018rinlari aynan keltirib o\u2018tildi. Buning natijasida hozirgi izohli lug\u2018atlarda uchramaydigan taqlid so\u2018zli frazeologik birliklar ro\u2018yxati shakllandi va izohli lug\u2018atning keyingi nashrlari uchun tavsiya sifatida izoh va illyustrativ misollari bilan birgalikda jadval asosida berildi. Frazeologik birliklar leksik-semantik tahlil qilinib, ularning polisemantik, sinonimik, omonimik, graduonimik ma\u2019nolari misollar asosida yoritib berildi. Ma\u2019lum tildagi izohli lug\u2018atlar shakllantirilayotganda nafaqat leksemalar, balki umumxalq tilidagi faol frazeologik birliklarni kiritish orqali bosh so\u2018z leksikografik talqinini takomillashtirish va boyitish mumkinligi bo\u2018yicha tahlillar va xulosalar asosida tavsiyalar keltirildi.",
      "creators": [
        {
          "name": {
            "family": "Khurshida",
            "lineage": null,
            "given": "Khaydarova",
            "honourific": null
          }
        }
      ],
      "eprintid": 65753,
      "keywords": "izohli lug\u2018at, taqlid so\u2018z, frazeologik birlik, frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik omonimiya, graduonimiya, so\u2018z birikmasi, gap, ko\u2018chma ma\u2019no.",
      "sword_depositor": 1,
      "dir": "disk0/00/06/57/53",
      "publication": "Multidisciplinary Journal of Science and Technology",
      "lastmod": "2026-05-26 15:55:53",
      "eprint_status": "archive",
      "publisher": "Center for Tech and Media Research",
      "rev_number": 1,
      "datestamp": "2026-05-26 15:55:53"
    }