    {
      "date": "2026-04-25",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/65525",
      "type": "article",
      "full_text_status": "none",
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17983",
      "userid": 1,
      "official_url": "https://universalpublishings.com/index.php/cusr/article/view/17983",
      "ispublished": "pub",
      "metadata_visibility": "show",
      "date_type": "published",
      "note": "Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17983)",
      "rev_number": 1,
      "datestamp": "2026-05-26 15:55:44",
      "publisher": "\"Conference on Universal Science Research 2023\"",
      "sword_depositor": 1,
      "dir": "disk0/00/06/55/25",
      "publication": "Conference on Universal Science Research 2023",
      "lastmod": "2026-05-26 15:55:44",
      "eprint_status": "archive",
      "status_changed": "2026-05-26 15:55:44",
      "title": "XUSUSIY KAPITAL VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH",
      "abstract": "Ko\u2018plab iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilning vertikal, gorizontal, moliyaviy koeffitsiyentlarini aniqlash, trend to\u2018g\u2018risida fikrlar yuritilgan bo\u2018lib, ammo xususiy kapital tahlili bo\u2018yicha ma\u2019lumotlar bugungi kunda yetarli darajada emas. Xususiy kapital tahlilini olib borishda asosiy axborot manbayi bo\u2018lib, moliyaviy hisobot shakllari, ya\u2019ni \u00abBuxgalteriya balansi\u00bb (1-shakl), \u00abXususiy kapital to\u2018g\u2018risida hisobot\u00bb (5-shakl) olinadi. Yuqoridagi hisobot shakllarida jumladan, \u00abXususiy kapital to\u2018g\u2018risida hisobot\u00bbda bir qancha noaniqliklar mavjud bo\u2018lib, bularga 080-satrdan keyingi ma\u2019lumotlarni olish mumkin. Mazkur satrlarda aksiyalar to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumotlar jamlanishi ko\u2018zda tutilgan bo\u2018lib, ularda deyarli barcha (oxirgi ustundan tashqari) ustun va qatorlar to\u2018ldirilmaslikni taqozo etadi. Ushbu holatni atroflicha o\u2018rgangan holda, bu kamchiliklarni hal etish yo\u2018llarini topish lozim. Chunki moliyaviy hisobotning bu ko\u2018rinishda bo\u2018lishi xalqaro hisob tizimi standartlari talablariga mos kelmaydi. Shu nuqtayi nazardan, bir qancha rivojlangan va MDH mamlakatlarining \u00abXususiy kapital to\u2018g\u2018risida hisobot\u00bb shakllariga e\u2019tibor beradigan bo\u2018lsak, ularda aksiyalarning chiqarilishidan kelgan kapital, rezerv kapital, qo\u2018shilgan kapital va taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kabi ko\u2018rsatkichlar o\u2018z aksini topgan (masalan, Rossiya Federal siyasi, Amerika Qo\u2018shma Shtatlari va h.k). Ushbu ma\u2019lumotlar buxgalteriya balanslarida (1-shakl) ham o\u2018zgarishsiz aks ettirilgan. Lekin, bizning moliyaviy hisobot shaklida (1-shakl) o\u2018z mablag\u2018lar manbayi sifatida xususiy kapital ko\u2018rsatkichlaridan tashqari, maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to\u2018lovlar uchun rezervlar kabi ko\u2018rsatkichlar mavjud bo\u2018lib, ularning harakatini aks ettiruvchi axborot manbayi belgilanmagan. Bu holni xususiy kapital ko\u2018rsatkichlarining nazariy va amaliy jihatdan umumlashtirilmaganligi, tarmoq xususiyatlariga asosan xususiy kapital hisobi va tahlili to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga qo\u2018yilmaganligi kabi izohlashimiz mumkin. Korxonaning xususiy kapital holatini tahlil qilishda koeffitsiyentlar usuli eng ko\u2018p qo\u2018llanilib, ushbu usul asosida tahlilning olib borilishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng tarqalgan. Jumladan, Belorus iqtisodchilaridan biri G.Savitskayaning fikricha: \u00abKapitaldan samarali foydalanishni uchta asosiy ko\u2018rsatkichlar orqali baholash mumkin, ular:",
      "creators": [
        {
          "name": {
            "lineage": null,
            "family": "Nematovich",
            "given": "Xoliqulov Anvar",
            "honourific": null
          }
        }
      ],
      "eprintid": 65525
    }