%T MUHAMMAD YUSUF SHE'RIYATIDA BADIIY TASVIR VOSITALARINING QO‘LLANILISHI %A Gulsevar Ismatova %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6264 %K tashbeh; tajohuli orif; tamsil; anafora; nido %X Maqolada O‘zbekiston xalq shoiri, betakror she’riy maktab yaratgan, o‘tkir iste’dod sohibi Muhammad Yusuf ijodida qo‘llanilgan tasviriy vositalar va ularning semantik-pragmatik xususiyatlari tahlil etiladi. Shoir poetikasining badiiy tabiatini belgilovchi asosiy omillardan biri – uning obraz yaratishdagi soddaligi bilan chuqur ma’no qatlamlarini uyg‘unlashtira olgan mahoratidir. maqolada shoir ijodida qo‘llanilgan tasviriy vositalarning nafaqat badiiy-estetik tabiatini, balki ular orqali yuzaga kelgan ma’no, mazmun va ruhiy-emotsional qatlamlarning o‘zaro uyg‘unligini tadqiq etish nazarda tutiladi. Bu jihatlar Muhammad Yusuf poetikasining ichki logikasi, badiiy olami va milliy poetik tafakkurdagi o‘rnini yanada teran anglash imkonini beradi. %I Center for Tech and Media Research %L arxiv64704 %O Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6264) %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology