%X Ushbu maqola bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan maktabgacha ta’lim sohasida ham shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini yoritadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi 2022–2026-yillar uchun Taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, bolalarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda har tomonlama yetuk shaxs tarbiyalash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu bois maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi bugungi kunda nafaqat pedagogik, balki strategik ahamiyatga ega masalaga aylangan. Ijodiy qobiliyat bu shaxsning yangi, original g‘oya, fikr yoki mahsulot yaratish salohiyati bo‘lib, unda tafakkur, tasavvur va hissiy faoliyat birgalikda ishtirok etadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu qobiliyat asosan o‘yin, rasm, qo‘shiq, hikoya to‘qish, dramatizatsiya va konstruktorlik faoliyatlari orqali shakllanadi. %O Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5729) %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology %I Center for Tech and Media Research %L arxiv63661 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5729 %D 2025 %T Taraqqiyot Strategiyasi Doirasida Maktabgacha katta yoshdagi (5-7 yosh) bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi. %A Nazarova Dilnoza Eraliyevna %A Sobirova Ro’zaxon Botir qizi %K Taraqqiyot strategiyasi; Maktabgacha ta’lim; Katta yoshdagi bolalar; Bolalar ijodkorligi; Ijodiy qobiliyat