%0 Journal Article %A Eraliyevna, Dilnoza Nazarova Eraliyevna Dilnoza Nazarova %A qizi, Toshova Sharofat Jabbor %D 2025 %F arxiv:63172 %I Center for Tech and Media Research %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology %K o‘smirlik davri; stress; shaxs sifatlari; zamonaviy taraqqiyot; emotsional barqarorlik %T ZAMONAVIY TARAQQIYOT SHAROITIDA O’SMIRLARNING STRESSGA MUNOSABATINI BELGILOVCHI SHAXS SIFATLARI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/63172/ %X Ushbu maqolada zamonaviy taraqqiyot sharoitida o‘smirlarning stressga munosabatini belgilovchi shaxs sifatlarining psixologik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Hozirgi davrda ijtimoiy hayotning intensivligi, raqamli texnologiyalarning keng tarqalishi, axborot oqimining ko‘pligi hamda ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri o‘smirlarning emotsional holati va stressga bardoshliligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday sharoitda o‘smirlarning shaxs sifatlari – o‘ziga ishonch, irodaviy barqarorlik, moslashuvchanlik, emotsional nazorat, ijtimoiy faollik, empatiya va kommunikativ qobiliyat – ularning stress holatlariga munosabatini aniqlovchi muhim psixologik omillar sifatida namoyon bo‘ladi.Maqolada o‘smirlarning stressni idrok etish va unga munosabat bildirish jarayonlari, ularning yoshga xos psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Tadqiqotda zamonaviy taraqqiyot jarayonida o‘smirlarning stressga moslashuvi, ichki resurslarni safarbar etish mexanizmlari hamda stressga qarshi kurashishning individual strategiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘smir shaxsining psixologik yetukligini ta’minlovchi omillar, stressni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim-tarbiya muassasalari va oila muhitining roli ham yoritiladi.Maqolada keltirilgan nazariy va amaliy xulosalar o‘smirlarning psixologik barqarorligini rivojlantirish, stressni samarali boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda shaxs sifatlarini tarbiyalashda psixologik-pedagogik amaliyot uchun ilmiy asos yaratadi %Z Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5411)