relation: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62713/ title: OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TANQISLIGI SHAROITIDA SURUNKALI GEPATIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA DIYETOTERAPIYA SAMARADORLIGI creator: qizi, Omonova Dilnura Ulug‘bek creator: Zokirovna, Xo‘janiyazova Dildora creator: qizi, Jumanazarova Muhlisa Ilhomboy creator: Sapobayevich, Shamuratov Murodjon description: Maqolada oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida surunkali gepatit bilan og‘rigan bemorlarda diyetoterapiya samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot Xorazm viloyatida olib borilib, jami 64 nafar bemor ishtirok etdi. Ular ikki guruhga bo‘linib, asosiy guruhga mahalliy sharoitga moslashtirilgan Pevzner parhezi №5 asosidagi diyetoterapiya, nazorat guruhiga esa umumiy tavsiyalar berildi. 12 haftalik kuzatuv natijasida asosiy guruhda ALT va AST darajalari mos ravishda 24,3% va 20,7% ga kamaydi, bilirubin 18,5% ga tushdi, shuningdek, depressiya va tashvish darajasida sezilarli pasayish, hayot sifati indeksida esa 16,9% o‘sish qayd etildi. Nazorat guruhida esa ijobiy o‘zgarishlar statistik ahamiyat kasb etmadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligida ham diyetoterapiyani mahalliy mahsulotlarga moslashtirish jigar faoliyatini yaxshilash va bemorlarning psixoemotsional holatini barqarorlashtirishda samarali hisoblanadi. publisher: Center for Tech and Media Research date: 2025-10-13 type: Maqola type: NonPeerReviewed identifier: qizi, Omonova Dilnura Ulug‘bek, Zokirovna, Xo‘janiyazova Dildora, qizi, Jumanazarova Muhlisa Ilhomboy, Sapobayevich, Shamuratov Murodjon (2025) OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TANQISLIGI SHAROITIDA SURUNKALI GEPATIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA DIYETOTERAPIYA SAMARADORLIGI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology. relation: https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/5192 relation: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5192 identifier: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5192