%L arxiv62691 %I Center for Tech and Media Research %O Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5179) %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology %X Maqolada kompaniyalarga investitsiya kiritish, makro hamda mikro darajada shakllanadigan riskarning salbiy ta’sirini kamaytirishga oid metodologik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Investitsiya risklarini o‘zaro bog‘liq boshqa risklar orqali ifodalash va investitsiya risklarini guruhli jarayon sifatida baholash algoritmi o‘rganib chiqilgan. Investitsiya risklarining asosiy belgilovchi xususiyatlari sifatida muhit, loyiha davomiyligi va ko‘lami, risk pozitsiyasi, profili, risk appetiti, oqibatlar, imkoniyatlar sig‘imi hamda investitsiya loyihasiga ta’sir natijalari ham ko‘rib chiqilgan. Investitsiya risklarini hisobga olish tizimi shakllantirilgan bo‘lib, u xavflarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va nazorat qilish orqali salbiy oqibatlarni minimallashtirish hamda imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish bilan bog‘liq funksiyalarni bajaradigan tartibli strukturaviy elementlar majmuasidan iborat. Dinamik tavakkalchilik omilini inobatga olgan holda investitsiya loyihalarining real portfelini shakllantirish usuli ishlab chiqilgan. %K Investitsiya risklari, investitsiya loyihasi, investitsiya appetiti, riskni shakllantiruvchi omillar, risk pozitsiyasi, risk profili. %A Sayfiyeva Parizoda Otabek qizi %A Shaislamova Nargiza Kabilovna %T Real sektor kompaniyalari uchun investitsiya risklarini baholashning metodologik vositalari %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5179