%X Ushbu maqolada texnik uglerodning (carbon black) fizik-kimyoviy xossalari va uning sanoatdagi qo‘llanilish yo‘nalishlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Rezina, elektrotexnika, kataliz va pigment sanoatlarida texnik uglerodning funksional roli ko‘rib chiqilgan. Sulfanol sirt faol moddasi va xelatlovchi reagentlar ishtirokida TU-5 markali texnik uglerod olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda uning dispersiyalanish va tozalanish mexanizmi asoslab berilgan. Optimal sharoitlar (T = 70 °C, sulfanol = 0.02 g/l) da polisiklik aromatik uglevodorodlarning maksimal ajralishi aniqlangan. Olingan namunaning strukturaviy va fizik ko‘rsatkichlari sanoat standartlariga mosligi bilan baholangan. %L arxiv62646 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18281) %A Nosir Tojimurodovich Ortiqov %A Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li Karimov %A Abdulaxat Turapovich Djalilov %T SULFANOL VA XELATLOVCHI REAGENTLAR ISHTIROKIDA TU-5 MARKALI TEXNIK UGLEROD OLISH, DISPERSIYALASH MEXANIZMI VA STRUKTURAVIY XOSSALARINI TADQIQ ETISH %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18281 %D 2026 %K Texnik uglerod, sulfanol, dispersiyalash, xelatlash, PAU, strukturaviy indeks, sirt faol modda, rezina sanoati, elektrotexnika, nanostruktura