%O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16703) %J Journal of Universal Science Research %L arxiv62427 %I "Research Science and Innovation house" LLC %X 20–22 yoshli, chekish tajribasi 2–4 yil bo‘lgan talabalarning og‘iz bo‘shlig‘i epitelial hujayralaridagi sitomorfologik xususiyatlar o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, chekuvchi talabalardan olingan biomateriallarda normal hujayralar ulushi sezilarli darajada kamaygan, morfologik anomaliyaga ega hujayralar ulushi esa kamida ikki baravar oshgan. Og‘iz bo‘shlig‘i epiteliyasida sitogenetik nuqsonli hujayralar soni ikki baravar ko‘p qayd etildi. Shuningdek, proliferatsiya jarayonlarining buzilishi va yadroviy shikastlanishning boshlang‘ich belgilari bo‘lgan hujayralar ham ikki baravar ko‘p uchradi. Yadro buzilishining yakuniy bosqichini ko‘rsatuvchi karioliz hujayralari chekuvchi talabalarda ko‘proq qayd etildi. Tadqiqot davomida sitogenetik buzilishlarning to‘planish indeksi hisoblab chiqildi. %K chekuvchi talabalar; og‘iz bo‘shlig‘i epiteliyasi; shilliq qavat epiteliyasining sitomorfologik tekshiruvi; sitogenetik buzilishlar to‘planish indeksi. %D 2026 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16703 %T CHEKUVCHI TALABALARNING OGIZ BUSHLIGI EPITELIAL HUJAYRALARINI SITOMORFOLOGIK BAHOLASH %A Ashurov Abdishukur %A Xushboqov Shohruh