    {
      "dir": "disk0/00/06/21/17",
      "sword_depositor": 1,
      "keywords": "kognitiv-bixevioral terapiya; ijtimoiy himoya; ijtimoiy himoyaga muhtojlar; ruhiy salomatlik; psixologik yordam",
      "eprint_status": "archive",
      "publication": "Multidisciplinary Journal of Science and Technology",
      "lastmod": "2026-05-26 15:53:01",
      "abstract": "Ushbu maqola ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari orasida keng tarqalgan ruhiy salomatlik muammolarini hal etishda kognitiv-bixevioral psixoterapiyaning (KBT) o\u2018rni va ahamiyatini keng qamrovli ilmiy tahlil qiladi. Ijtimoiy zaif guruhlar \u2014 kambag\u2018allar, nogironlar, yetimlar, zo\u2018ravonlik va zo\u2018rlash qurbonlari, ko\u2018p hollarda psixologik stress, depressiya, posttravmatik stress buzilishi va ijtimoiy izolyatsiyaga duch kelib, ular uchun malakali psixologik yordam zaruriyatga aylanadi. Ushbu maqolada KBT ning nazariy asoslari, metodologiyasi, va amaliy qo\u2018llanilishi, shuningdek, uning individual va guruh terapiyasi shakllarida samaradorligi ilmiy dalillar bilan yoritilgan.\nKognitiv-bixevioral terapiya zamonaviy psixoterapiya yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib, insonning fikrlash, his-tuyg\u2018u va xulq-atvori o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni o\u2018rganadi va ularni psixologik muammolardan chiqish uchun samarali vosita sifatida taklif qiladi. Ushbu terapiya yordamida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar o\u2018zlarining noto\u2018g\u2018ri va zararli kognitiv strukturasi ustida ishlash, stress va tashvishlarni boshqarish, shuningdek, ijtimoiy muhitga moslashish ko\u2018nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo\u2018ladilar.\nMaqolada KBT usulining turli yoshdagi, ijtimoiy va madaniy kontekstdagi shaxslarga moslashuvi, shuningdek, psixologik yordamda uning samaradorligini oshirish uchun qo\u2018llaniladigan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko\u2018rsatadiki, KBT ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning ruhiy salomatligini yaxshilashda, ularning o\u2018z-o\u2018zini anglash va boshqarish ko\u2018nikmalarini shakllantirishda, shuningdek, jamiyatga integratsiya jarayonlarini qo\u2018llab-quvvatlashda muhim rol o\u2018ynaydi.\nShuningdek, maqolada KBTning ijtimoiy kontekst va individual psixologik xususiyatlarga moslashtirilishi, shaxsning o\u2018ziga xos ehtiyojlari va hayotiy tajribalari hisobga olingan holda terapevtik jarayonni individualizatsiyalashning metodologik asoslari yoritiladi. Bu esa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun psixologik yordam sifatida kognitiv-bixevioral terapiyaning samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.\nNatijada, maqola ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, ularning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy barqarorlikni ta\u2019minlashda kognitiv-bixevioral psixoterapiyaning ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyatini yoritadi. Ushbu tadqiqot ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, psixologlar va siyosat ishlab chiquvchilar uchun psixoterapevtik yordamni tashkil etish va takomillashtirishda foydali ilmiy manba bo\u2018lib xizmat qiladi.",
      "title": "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun kognitiv-bixevioral psixoterapiyaning ahamiyati",
      "status_changed": "2026-05-26 15:53:00",
      "eprintid": 62117,
      "creators": [
        {
          "name": {
            "honourific": null,
            "given": "Tirkasheva Dinoraxon Shuxratjon",
            "lineage": null,
            "family": "qizi"
          }
        }
      ],
      "datestamp": "2026-05-26 15:53:00",
      "rev_number": 1,
      "publisher": "Center for Tech and Media Research",
      "userid": 1,
      "official_url": "https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/4836",
      "subjects": [
        "kognitiv-bixevioral terapiya",
        "ijtimoiy himoya",
        "ijtimoiy himoyaga muhtojlar",
        "ruhiy salomatlik",
        "psixologik yordam"
      ],
      "date_type": "published",
      "metadata_visibility": "show",
      "ispublished": "pub",
      "note": "Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4836)",
      "uri": "https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62117",
      "date": "2025-09-02",
      "full_text_status": "none",
      "type": "article",
      "id_number": "oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4836"
    }