%J Journal of Universal Science Research %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16327) %I "Research Science and Innovation house" LLC %L arxiv61863 %X Ushbu maqola oʻzbek anʼanaviy tarbiya tizimi va Reggio Emilia yondashuvini qiyosiy tahlil qiladi. Oʻzbek tarbiyasi — kattaga hurmat, kichiklarga izzat, bola odobi, oila markaziyligi, mahalla instituti, mehnat tarbiyasi va anʼanaviy ijtimoiylashuv kabi qadriyatlarga tayangan holda bola shaxsini ijtimoiy-axloqiy asosda shakllantiradi. Reggio yondashuvi bolani ijodkor subekt sifatida koʻrib, uning “yuz til” orqali oʻrganish va izlanish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Tadqiqot har bir komponent boʻyicha Oʻzbekiston modeli → Reggio modeli → qiyosiy xulosani beradi va ikki yondashuvni uygʻunlashtirish imkoniyatlarini asoslaydi. Natijada Oʻzbekiston sharoiti uchun madaniy moslashgan gibrid taʼlim modeli taklif qilinadi. %K milliy tarbiya; mahalla; bola odobi; izzat-hurmat; mehnat tarbiyasi %D 2026 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16327 %T MILLIY TARBIYA TIZIMI VA REGGIO EMILIA YONDASHUVIDA BOLANING IJODIY FAOLIYATI: MADANIY QADRIYATLAR, TAʼLIM MUHITI VA PEDAGOGIK AMALIYOTLAR ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL %A Dilnoza Zuparova