<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3"><mods:titleInfo><mods:title>O’ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI.</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Po‘latjonova Intizora Nazirjon</mods:namePart><mods:namePart type="family">qizi</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Shokirxanov Baxtiyorxon</mods:namePart><mods:namePart type="family">Botirxonovich</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>O‘zbekistonda professional xor san’ati 20-asr boshlarida shakllanib, asta-sekin rivojlandi. Dastlab xor san’atini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, rus va o‘zbek musiqachilarining hamkorligi, xor ijrosini o‘z ichiga olgan opera va dramatik asarlarning yaratilishi bu yo‘nalishga mustahkam poydevor yaratdi. 1930–40-yillarda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Gulsara” kabi operalarda xor elementlari paydo bo‘ldi. 1936-yilda O‘zbekiston radiosi va Davlat Filarmoniyasi qoshida xor jamoalari tuzildi, ular Moskvadagi dekadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
1940–50-yillar xor ijrochiligi uchun muhim davr bo‘lib, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kontata, syuita va xor asarlari yaratildi. M.Ashrafiy, S.Yudakov, M.Burxonov, T.Sodiqov, A.Kozlovskiy kabi kompozitorlar xor janrining yuksalishiga katta hissa qo‘shdilar. 1952-yilda birinchi professional xor kapellasi tashkil etilib, a’kapella janrining rivoji boshlandi. 1960-yillarda O‘zbekiston radio va televideniyesi qoshida Milliy xor jamoasi faoliyat boshladi.
Keyingi yillarda xor san’ati ko‘p ovozli murakkab shakllarda – kontata, oratoriya, ballada va a’kapella janrlarida boyidi. Xalq qo‘shiqlarini xor uchun moslashtirish va o‘quv dasturlariga kiritish orqali xor ijrosi ommalashtirildi. B.Umidjonov, S.Boboev, I.Akbarov, M.Burxonov, M.Ashrafiy kabi ijodkorlarning faoliyati xor san’atining mustahkam rivojlanishiga zamin yaratdi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-07-26</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Center for Tech and Media Research</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>