%A Xoʻjamurodova Sevinch %T Zardo‘zlik san’atining tarixiy ildizlari va bugungi talqini: An’anaviy hunar va zamonaviy dizayn uyg‘unligi %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4542 %K zardo‘zlik san’ati; madaniy meros; naqshlar; zamonaviy dizayn; milliy hunarmandchilik %X Ushbu maqolada zardo‘zlik san’atining O‘zbekiston madaniy merosidagi o‘rni, uning tarixiy shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilingan. Asrlar davomida saroy madaniyati, marosimlar va milliy kiyim elementlarida alohida mavqega ega bo‘lgan zardo‘zlik, bugungi kunda zamonaviy moda va tekstil dizayni bilan integratsiyalashib, yangi ifoda shakllarini kasb etmoqda. Maqolada Buxoro, Toshkent kabi hududiy zardo‘zlik maktablarining xususiyatlari, naqshlar semantikasi va texnik ishlanmalari ilmiy asosda yoritilgan. Zamonaviy davrda yosh dizaynerlar tomonidan zardo‘zlik elementlari liboslar, sumkalar, aksessuarlar va interyer buyumlariga kreativ tarzda tatbiq qilinayotgani bu san’atning davomiyligini ta’minlamoqda. Xalqaro moda maydonlarida milliy naqshlarning stilizatsiyalangan ko‘rinishlari O‘zbekiston brendlari uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Maqolada zardo‘zlik san’atining innovatsion rivoji, raqamli dizayn platformalaridagi talqini hamda yosh avlodda unga bo‘lgan qiziqishning ortishi asosiy tahlil nuqtalaridan biri sifatida yoritiladi. Shaxsiy nuqtai nazarga ko‘ra, zardo‘zlik nafaqat estetik ifoda vositasi, balki xalqning madaniy tafakkuri va identitetining timsolidir. Uni zamonaviy dizaynga uyg‘unlashtirish orqali merosni saqlab qolish bilan birga, global modadagi milliylik pozitsiyasi mustahkamlanadi %I Center for Tech and Media Research %L arxiv61654 %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology %O Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4542)