%0 Journal Article %A Abdimo’minov, Azizbek Oybek o’g’li %D 2025 %F arxiv:60432 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %T Kattalar qichimasi (Prurigo adultorum): etiopatogenez, klinik kechish va zamonaviy davolash yondashuvlari %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/60432/ %X Prurigo adultorum (kattalar qichimasi) — bu surunkali, qattiq qichishish bilan kechadigan terining tugunchali (papulyoz) dermatozi bo‘lib, murakkab patogenezga ega. Kasallik nevrogen, immunologik, allergik va psixosomatik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, odatda, boshqa surunkali dermatozlar (masalan, atopik dermatit) fonida rivojlanadi yoki mustaqil nospesifik allergik reaksiya sifatida yuzaga chiqadi. Kasallikning o‘ziga xosligi — bemorlarni uzoq davom etuvchi qichishish va tirnalishlarga majbur qiluvchi papulalar va nodulalarning shakllanishidir. Ko‘p hollarda hayot sifati keskin pasayadi, uyqu buzilishi, nevrotik holatlar, depressiv simptomlar bilan kechadi. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14541)