%X LOR a’zolari patologiyasi tarkibida quloq kasalliklari 31,5 foizni, surunkali yiringli o‘rta otit (SYO‘O) esa quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning barcha kasalliklari orasida 27,2 foizni tashkil etadi. Dunyoda SYO‘O bilan kasallanish har 1000 aholiga 4,76 holatni (1,7 dan 9,4 gacha) tashkil qiladi (yoki yiliga 31 million holat), ularning 22,6 foizi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda SYO‘O bilan kasallanish haqida aniqroq ma’lumotlar Saudiya Arabistoni olimlarining tadqiqotida keltirilgan. Unda 9540 nafar bola tekshirilganda, 116 (1,2%) holatda xolesteatomasiz SYO‘O aniqlangan. %L arxiv60337 %I "Research Science and Innovation house" LLC %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14480) %J Journal of Universal Science Research %T Bolalarda surunkali yiringli o’rta otitni mukozit bilan kechishini davolash usullarini o’rganish. %A Davron Furqatovich Temirov %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14480