<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>ASTRAGALUS TRANSCAPICUS L. EKSTRAKTINING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Anorov Sirojiddin Nozimjon</mods:namePart><mods:namePart type="family">o’g’li</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Ushbu maqolada Astragalus turkumiga mansub Astragalus transcapicus L. o‘simliklaridan ajratib olingan ekstraktning analgetik (og‘riqni kamaytiruvchi) faolligi eksperimental sharoitda o‘rganildi. Tadqiqotda tana vazni 18–21 g bo‘lgan naslsiz oq sichqonlarda og‘riq modellarining uch turi — “issiqlik sezuvchanligi” (issiq plastinka testi), “sirka kislotali burishish” va “atsetilxolinli burishish” testlari qo‘llanildi. Har bir test turida o‘simlik ekstraktlari 1.0 dan 100.0 mg/kg gacha bo‘lgan dozalar oralig‘ida og‘iz orqali yuborildi. Referens (taqqoslovchi) preparat sifatida ketoprofen ishlatildi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, har ikkala o‘simlik ekstrakti markaziy va periferik og‘riq modellarida sezilarli analgetik faollik namoyon etdi. Ayniqsa Astragalus transcapicus L. ekstrakti 25.0–50.0 mg/kg dozalarida issiqlik og‘riq modelida 99.3 % gacha samaradorlikni ko‘rsatdi. Kimyoviy og‘riq testlarida (sirka kislotali va atsetilxolinli burishish) 65.5-68.4% gacha burishishlar sonini kamaytirishga erishdi. Ushbu natijalar o‘simlik ekstraktlarining analgetik faolligi bo‘yicha ketoprofen bilan taqqoslanadigan darajada yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Olingan ilmiy natijalar Astragalus transcapicus L. o‘simligining tarkibida og‘riqni kamaytiruvchi biologik faol moddalarning mavjudligini ko‘rsatadi hamda ushbu o‘simliklarni og‘riqqa qarshi fitopreparatlar ishlab chiqishda istiqbolli manba sifatida tavsiya etishga asos bo‘ladi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-05-30</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Center for Tech and Media Research</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>