%J Journal of Universal Science Research %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12843) %I "Research Science and Innovation house" LLC %L arxiv59570 %X Ushbu maqolada Samarqand viloyati toponimikasining etnotoponimlar aspekti o‘rganiladi. Etnotoponimlar - bu joy nomlarida ko‘rsatilgan  etnik yoki urug‘ga oid bo‘lgan nomlardir, va ular turli xalqlar, qabila va urug‘larning  joylashuvini, tarixiy o‘zgarishlarni va madaniy aloqalarni yoritadi. Samarqand  viloyatining toponimiyasi, ayniqsa Zarafshon vodiysi, turli etnik guruhlarning o‘zaro aralashuvi va ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini aks ettiradi. Maqolada  o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqa millatlarning urug‘lari va ularning nomlari bilan  atalgan joylar tahlil qilinadi. Shuningdek, etnotoponimlarning o‘rganilishi nafaqat geografik joylashuv, balki xalq tarixining bir qismi sifatida ham muhim ahamiyatga  ega. Samarqand viloyati misolida etnotoponimlar hududning tarixiy, madaniy va etnik  xilma-xilligi haqida keng tasavvur yaratadi. Ushbu ilmiy ish, O‘zbekistonning toponimik xususiyatlari va uning tarixiy madaniy merosini anglashga katta hissa qo‘shadi. %K topinimika; etnotoponimiya; O‘zbek urug‘lari %D 2025 %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12843 %A Sherzod Tangirov %T SAMARQAND VILOYATI HUDUDIDAGI TURKIY ETNOTOPONIMLAR XUSUSIDA