%K Geografiya ta’limi, interaktiv metod, o‘qitish samaradorligi, zamonaviy texnologiyalar, INSERT, Qarorlar shajarasi, Venn diagramma, GIS, ta’lim sifatini baholash. %T GEOGRAFIYA DARSLARIDA INTERAKTIV O‘QITISH USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI %A Xamroyeva Feruza Asrorovna %A Hamroyev Adham Ikromjon o‘g‘li %A Ergasheva Pokiza Anvar qizi %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/3462 %D 2025 %L arxiv59066 %I Center for Tech and Media Research %O Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/3462) %J Multidisciplinary Journal of Science and Technology %X Ushbu maqolada geografiya darslarida interaktiv o‘qitish usullarining samaradorligi ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida INSERT, Venn diagramma, “Qarorlar shajarasi”, GIS texnologiyalari kabi metodlarning dars jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. 2025-yilning fevral–aprel oylarida Samarqand viloyati Samarqand tumani 52-umumta’lim maktabida tajriba-sinov darslari tashkil etilib, 7–10-sinflarda interaktiv metodlar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Olingan natijalar asosida interaktiv metodlar o‘quvchilarning bilim darajasi, darsga bo‘lgan qiziqishi va mustaqil fikrlash faolligini oshirishda samarali vosita ekani isbotlangan.