%0 Journal Article %A Rustamovna, Turobova Hulkar %A Uktamovich, Eshbekov Murodjon %D 2025 %F arxiv:58998 %I "Research Science and Innovation house" LLC %J Journal of Universal Science Research %K sirkulyar iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, monetizatsiya, marketing strategiyalari, qayta ishlash, ekologik bozorlar. %T Qishloq xo‘jaligi chiqindilarini monetizatsiya qilish va sirkulyar iqtisodiyot sharoitida marketing strategiyalari %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/58998/ %X Qishloq xo‘jaligi chiqindilarini monetizatsiya qilish va sirkulyar iqtisodiyot sharoitida marketing strategiyalari Sirkulyar iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan samarali foydalanish ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan birga, iqtisodiy foyda olish imkoniyatlarini ham yaratadi. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi chiqindilarini monetizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari, qayta ishlash jarayonlari hamda bozorda muvaffaqiyatli marketing strategiyalarini ishlab chiqish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy manbalar, amaliy tajribalar va jahon tajribalariga asoslangan qiyosiy tahlil usuli qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash natijasida organik o‘g‘it, biogaz va sanoat xom ashyosi ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun samarali marketing strategiyalari, jumladan, maqsadli auditoriyani aniqlash, raqamli marketing vositalaridan foydalanish va ekologik bozorlarni rivojlantirish zarur. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan iqtisodiy daromad olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. %Z Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11428)