%X Til tizimida onomastik birliklar, jumladan, antroponimlar son va sifat jihatdan muhim oʻrin egallaydi. Antroponimlar tarkibida kishi ismi, familiyasi, otaismi asosiy nomlar sifatida sanalsa, taxallus, nisba, unvon, kunya kabilar “ikinchi nom” tarzda ifodalanadi. Ana shunday ikkilamchi nomlar qatorida laqablar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek antroponimikasida muhim ahamiyat kasb etadigan laqablar, ularning lingvistik xususiyatlari, shakllanishi va hosil boʻlish yoʻllarni va omillari, boshqa ikkilamchi nomlar – taxallus, nisba, kunya va unvonlardan farqli va oʻxshash jihatlari, tarixiy va madaniy ildizlari, badiiy, soʻzlashuv uslubidagi oʻrni va farqli jihatlari, qoʻllanish usullari, tarixiy va zanonaviy laqablarning farqli xususiyatlari, zamonaviy nikneymlar haqida tahlillar berilgan. Shuningdek, laqablarning ijtimoiy-madaniy koʻrinishlari, ijobiy, neytral va salbiy laqablarning ma’naviy ta’siri hamda nebez tushunchasi borasida ham ayrim fikrlar oʻrin olgan. %L arxiv57317 %I "Research Science and Innovation house" LLC %O Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6411) %J Journal of Universal Science Research %A Xusanova Zarifa %T LAQABLARNING OʻZBEK ANTROPONIMIKASIDAGI OʻRNI %R oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6411 %D 2024 %K onomastika, antroponimika, laqab, taxallus, nisba, kunya, ikkilamchi nom, nebez, niknaym, ijobiy, neytral va salbiy mazmundagi laqablar.